Mashinalar uchun davlat raqamiga to‘lov qanchaga oshishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2023
120461 noyabrdan mashinalar uchun davlat raqami berishda undiriladigan to‘lov stavkalari oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 3,5 baravari miqdorida to‘lov belgilanadi. Ushbu summa avvalgi belgilangan miqdorning 2 barobaridan ham ko‘p.
Shuningdek, mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun BHMning 1,75 baravari miqdorida pul mablag‘i to‘lanadi.
Yana bir necha turdagi transport vositalariga davlat raqami berish uchun olinadigan to‘lov miqdori quyidagicha belgilandi:
• Tranzit RO‘DRB uchun – BHMning 25 foizi miqdorida;
• Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari miqdorida;
• Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari miqdorida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011 yil 23 noyabrdagi 174-sonli buyrug‘iga asosan shu vaqtga qadar avtotransport vositalari uchun to‘lov BHMning 1,5 baravari, mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar uchun 0,75 foizi, yaroqsiz holga kelgan raqam o‘rniga bir juft yangisini berish uchun 1 baravari, shu holatdagi bir dona o‘rniga yangi raqam berish uchun esa 50 foizi to‘lanardi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr