Mashinada Toshkentni aylandim – Mirziyoyev yo‘llarda yurish qo‘rqinchli ekanini aytdi

Jamiyat

image

Toshkentda haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaydi, haydovchilar xohlaganini qilib yuribdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 6 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shu haqda so‘z ochdi.  “Menimcha” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida mazkur yig‘ilish tafsilotlariga to‘xtalib o‘tildi.

“O‘tgan kuni mashinada bir yarim soat Toshkent shahrini aylandim. Yurib bo‘lmadi. O‘zim yurgan katta ko‘chalarda yurib bo‘lmadi. “Narusheniya”lar ko‘p, “probka” ko‘p. Istagan haydovchi istaganini qilib yuribdi. Odam qo‘rqib ketdi buni ko‘rib. Hayron qoldim”, deydi Mirziyoyev.

Avvalroq, Prezident O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari ko‘pincha haydovchilarning qoidalarni mensimasligi sabab yuz berishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1018

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing