Kurs UZS

USD

12 920.44

5.44

EUR

14 252.54

295.3

RUB

153.52

-0.03

Masharipov termadan chetlatildimi? Kapadze tarmoqlarda tarqalgan xabarga munosabat bildirdi

Sport

image

Tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze terma jamoa a’zosi Jaloliddin Masharipovni Qirg‘iziston bilan o‘yindagi qizil kartochka sabab bildirgan izohi uchun terma jamoadan chetlatishga qaror qildi, degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Temur Kapadze bilan bog‘landi va murabbiy bunday xabarlar haqiqatdan mutlaqo yiroq ekanini tasdiqladi.

“Tarmoqlarda hazillashib, balki 1 aprel hazilini uyushtirishayotgandir. Bunday xabarlar mutlaqo yolg‘on. Masharipov bilan aloqamiz juda yaxshi”, deydi Kapadze.

O‘z navbatida, QALAMPIR.UZ ham o‘z kuzatuvchilaridan norasmiy sahifalarning tasdiqlanmagan xabarlariga ishonmaslikni so‘rab qoladi. 

Qayd etish joiz, Mashripov Qirg‘iziston bilan o‘yindan keyingi intervyuda raqib futbolchisi qizil kartochka olganini o‘yin davomida payqamagani, raqib jamoada bir kishi kam ekanini zaxiraga olingach bilganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Temur Kapadze Jaloliddin Masharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing