Masharipov faoliyatini Afrikaning eng nomdor klubida davom ettirishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistoning “Al-Nassr” klubi futbolchisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Misrning “Al-Ahli” klubida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda misrlik jurnalist Omar Yassin xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Afrikaning eng nomdor jamoalaridan biri bo‘lmish “Al-Ahli” o‘zbekistonlik futbolchini 600 ming dollar evaziga ijaraga olmoqchi. Misr klubi Masharipovni to‘liqligicha sotib olish uchun 2 million dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Masharipovning o‘zi esa yangi jamoasida yiliga 1,5 million dollar ishlab topishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli futbolchi 2021 yilda Toshkentning “Paxtakor” klubidan 1 million yevro evaziga “Al-Nassr” jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. Masharipov Saudiya Arabistoni chempionatida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali o‘zbekistonlik iqtidor egasini 3 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jaloliddin Masharipov

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing