Mashhurlarning Twitter sahifalariga hujum qilindi. Ilon Mask va Bill Geyts ham jabrlanuvchilar qatorida

Texnologiya

image

Twitter kompaniyasi tizimga hujum uyushtirilganini aniqladi. Natijada foydalanuvchilar akkauntlari buzilgan. Bu haqda kompaniyaning texnik ko‘mak bo‘limi bayonotida aytilgan.

Noma’lum shaxslar dunyoga mashhur foydalanuvchilarning akkauntlariga bir xildagi xabarlarni joylashtirishgan. Bunday buzg‘unchilikdan hattoki AQSH Prezidentliga nomzodlardan biri Jo Bayden, sobiq Prezident Barak Obama, milliarderlar Bill Geyts va Ilon Mask ham zarar ko‘rdi.

“Biz kompaniyaning ichki tizim va vositalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan ba’zi xodimlarimizni nishonga olishganligini aniqladik. Xakerlar aynan mana shu usuldan foydalanishgan va ko‘pgina mashhurlarning akkauntlarini nazoratga olishni maqsad qilishgan”, deyiladi kompaniyaning rasmiy bayonotida.

U yerda keltirilishicha, sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng zarar yetkazilgan akkauntlar qulflangan va buzg‘unchilar tomonidan e’lon qilingan yozuvlar o‘chirilgan.

Keyinroq ko‘plab akkauntlar xabarlar qolirishi mumkinligi e’lon qilingan. Twitter asoschisi va rahbari Jek Dorsi vaziyatga oydinlik kiritilgach, qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter

Baholaganlar

103

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing