Mashhur jurnalist Ronalduning “Al-Nasr”ga ta’siri haqida gapirdi

Sport

image
0:00
0:00
download

Saudiyalik jurnalist Xolid Al Arafa “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Al-Nasr” futbolchilari Krishtianuning mashg‘ulotlarini ko‘rganda, uning fidoyilik darajasiga moslashishga harakat qiladi. Klub futbochilari qanchalik yaxshilanganganiga e’tibor bering. Ular chin yurakdan bor kuchlarini berib mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Agar butun dunyo e’tibori sizda bo‘lsa, boringizni berib o‘ynaysiz. Bu esa Saudiya Arabistoni professional ligasi o‘yinlarini yaxshilaydi”, deydi Arafa.

Ronaldu “Al-Nasr” safida 2023 yil boshidan buyon to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Portugaliyalik futbolchi joriy mavsumda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing