Mashhur jurnal “o‘g‘irlangan” “Oltin to‘p”lar ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
−
01 noyabr 2023
7751Argentinalik futbolchi Lionel Messi 2023 yilgi “Oltin to‘p”ni nohaq qo‘lga kiritdi. Bu haqda “FourFourTwo” ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, “Inter Mayami” a’zosi 2023 yildan tashqari yana 2 marta “Oltin to‘p”ga noloyiq bo‘lgan.
Britaniya jurnali mukofot tarixidagi 10 ta asosiy “o‘g‘irlik” ro‘yxatini tuzdi. Argentinalik hujumchi bahsli o‘nta “Oltin to‘p”ning uchtasida tilga olingan.
Futbol tarixidagi 10 ta “Oltin to‘p “o‘g‘riligi”:
1. Robert Levandovski 2021 yilda Messi o‘rniga mukofotni olishi va 2020 yilgi mukofotga ham ega chiqishi kerak edi;
2. Terri Anri 2003 yilda Pavel Nedved va 2004 yilda Andrey Shevchenkodan ko‘ra "Oltin to‘p"ga ko‘proq loyiq edi;
3. Uesli Sneyder 2010 yilda Messiga qaraganda mukofotga munosibroq edi;
4. Krishtianu Ronaldu 2013 yilda Frank Riberiga yutqazishi kerak edi;
5. Messi 2019 yilda Virjil van Deykdan sovrinni “o‘g‘irladi”;
6. Ronaldu, Muhammad Saloh va Antuan Grizmann 2018 yilgi “Oltin to‘p”ga Luka Modrichdan ko‘proq loyiq edi;
7. 1956 yilda Stenli Metyusning o‘rniga Alfredo Di Stefano sovrinni olishi kerak edi;
8. 2001 yilda Maykl Ouenga berilgan mukofot Oliver Kan yoki Raulga berilsa bo‘lardi;
9. Luis Suares 1960 yilda Ferens Pushkashdan munosibroq emasdi;
10. Janluiji Buffon 2006 yilda Fabio Kannavarodan ko‘ra “Oltin to‘p”ga haqliroq edi.
Qayd etish joiz, mazkur ro‘yxat 28 oktyabr kungi marosim oldidan e’lon qilingan. Marosim yakunlariga ko‘ra, argentinalik futbolchi 8-“Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi, Xoland ikkinchi, Mbappe esa uchinchi o‘rinni egalladi.
LiveBarchasi