Mashhur sport jurnalisti Vladimir Safarov hayotdan ko‘z yumdi
Sport
−
14 iyul 2021
6076Bugun, 14 iyul kuni o‘zbek futbolining jonkuyar tarixchisi, mashhur sport jurnalisti Vladimir Ashotovich Safarov 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Vladimir Safarov 1939 yilning 17 yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Vladimir Ashotovich O‘zbekiston futboliga oid ko‘plab ilmiy, statistik va tarixiy kitoblar va “Paxtakor. Unutib bo‘lmas uchrashuvlar...”, “Paxtakor. 40 yilga cho‘zilgan o‘yin”, “Aka-uka An futboli”, “Xotira qanotlari. "Paxtakor-79" aviahalokati hujjatli xronikasi”, “O‘zbek futboli afsonasi: Birodar Abduraimov”, “Hamid Rahmatullayev – o‘zbek Pelesi” kabi mashhur asarlar muallifi hisoblanadi. Dunyoning turli xil nashrlarida chop etilgan 3000 ga yaqin maqola muallifi.
Vladimir Safarov — “Paxtakor” jamoasining ashaddiy muxlisi bo‘lgan.
1992 yil mart oyida u Gennadiy Krasnitskiy nomidagi hujumchilar klubini tashkil etish tashabbusi hamda respublika matbuoti sahifalarida O‘zbek jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari reytingini tuzish taklifi bilan futbol jamoatchiligiga murojaat qildi.
Shuningdek, o‘zining jaz klubi bilan xalqaro festivallarda ishtirok etgan. 2000 yilda O‘zbekiston futbol federatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi jurnalisti, deb topilgan edi.
Shu munosabat bilan QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi