Mashhur portal O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini e’lon qildi
Sport
−
07 Sentabr
24733Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yil Amerika, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 70.3 foiz deb hisoblanmoqda. Bu haqda “We Global Football” portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, guruhda peshqadamlikka Erondan keyingi o‘rinda asosiy da’vogar aynan Srechko Katanets shogirdlari hisoblanadi.
“B” guruhida Janubiy Koreya va Iroq, “C” guruhida esa Yaponiya hamda Avstraliya 1 va 2-o‘rinda to‘g‘ridan to‘g‘ri mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCH saralashidagi navbatdagi o‘yinini safarda Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. 2-turdan o‘rin olgan mazkur bahs 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi