Mashhur qozoq aktyori Murat Bisembin vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Qozog‘istonlik mashhur aktyor Murat Bisembin kecha, 8 yanvar kuni 54 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

2024 yilning kuzida Bisembinga oshqozon osti bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan. 2025 yil dekabr oyida aktyor insult bilan shifoxonaga yotqizilgan, shundan so‘ng u shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. 

Murat Bisembin 1972 yil 11 oktyabrda Qizilo‘rdada tug‘ilgan. U qishloq xo‘jaligi muhandis-mexanigi ma’lumotini olgan, keyinchalik Olma-otadagi San’at akademiyasini tamomlagan. 

“Reketchi” filmidagi Ruslan roli unga keng shuhrat keltirgan. O‘zbekistonlik tomoshabinlar ham uni aynan ushbu filmdagi roli orqali taniydi.  

Aktyor jami 18 ta qozoq filmida suratga tushgan. Ulardan eng mashhurlari “Dast ko‘tarish”, “Pushti quyon haqida ertak”, “Aka yoki nikoh-2”, “13 klinik”. 


Maqola muallifi

Teglar

Murat Bisembin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar