Mashhur aktyor G‘aybulla Hojiyev vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 63 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda marhumning o‘g‘li ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

G‘aybulla Hojiyev 1956 yil 11 mayda Buxoroda tug‘ilgan. 1973-77 yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan. U o‘zbek kinotomoshabinlari uchun qadrdon bo‘lib qolgan qator filmlardagi unutilmas rollari bilan yodda qolgan.

1976 yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987 yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan. 

G‘aybulla Hojiyev “Papagandus”, “Iltimos, menga qarang!”, “Oqpadar”, “Umid”, “Uqubat”, “Shabbona”, “Shaytanat” filmlarida rol ijro etgan.

G‘aybulla Hojiyev dublyaj sohasida ham samarali mehnat qilgan bo‘lib, aktyor ovoz bergan qahramonlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan.

Tahririyatimiz nomidan marhumning yaqinlari, do‘stlariga hamdardlik bildiramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

385

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing