Tajribali hakam kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 3 yilga chetlatildi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi O‘zbekiston Superliga va Pro Liga uchrashuvlarida korrupsion holatlar, ya’ni bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan futbol hakamlarini aniqlash bo‘yicha say-harakatlarni davom ettirmoqda.

Qayd etilishicha, O‘FA Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov bo‘yicha aniqlangan holatlar ko‘rib chiqilgan.

Qo‘mita tomonidan Sherzod Qosimov O‘FA intizom kodeksining 5.44. bandiga asosan bir qator futbol uchrashuvlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun 3 (uch) yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirish xususidagi qaror qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing