Mashhaddagi suv toshqinlari 7 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Olam
−
16 may
5114Eronning Razaviy Xuroson viloyatining Mashhad shahrida kuchli yomg‘ir sabab bo‘lgan suv toshqini oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar yong‘in xavfsizligi xizmati rahbari Hamidrizo Kafiniya ma’lum qildi.
Uning aytishicha, yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari 15 maydan beri suv toshqinidan jabr ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatishda davom etmoqda.
“Qidiruv va qutqaruv ishlari davom etmoqda”, deydi Kafiniya.
O‘z navbatida, Razaviy Xuroson viloyati Qizil Yarim Oy jamiyati rahbari Mohsin Zokiriyan 12 kishi bedarak yo‘qolganiga aniqlik kiritdi. Mashhad munitsipaliteti rahbari Mohsen Daverining aytishicha, toshqindan jabrlangan kamida 250 oila shaharning xavfsizroq joylariga evakuatsiya qilingan. Daverining so‘zlariga ko‘ra, shahardagi jami 150 ta uy suv toshqinidan zarar ko‘rgan.
LiveBarchasi