Maryam Tillyayeva “yalang‘och” bazmga borganidan afsuslandi (video)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillyayeva rossiyalik teleboshlovchi, kinoaktrisa va videobloger Nastya Ivleyeva tomonidan tashkil qilingan mashhurlarning "yalang‘och" bazmiga borganidan afsusda ekanini ma’lum qildi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida gapirdi. 

20 dekabr sanasida Moskvaning “Mutabor” klubida bo‘lib o‘tgan ushbu kechada Rossiyaning eng taniqli san’at vakillari yarim yalang‘och holda ko‘rinish berdi. Ma’lum bo‘lishicha, mehmonlar orasida blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan Maryam Tillyayeva ham bor edi. 

U videoda bazmga Ivleyevaning tug‘ilgan kuni, degan o‘y bilan borganini aytdi. Ammo Tillyayevaning bu gapi tanqidlarga sabab bo‘ldi. Chunki Nastyaning tug‘ilgan kuni mart oyida edi.

Manbaga ko‘ra, blogerga bu bazm tug‘ilgan kun sharafiga o‘tkazilayotgani aytilgan. Shu sababli Maryam Tillyayeva klubga futbolka va jinsi shimda tashrif buyurgan. Ammo mehmonlarning katta qismi deyarli yalang‘och ekanidan hayratda qolgan. Ziyofatda 40 daqiqa qolgan, so‘ngra jo‘nab ketgan. 

“Men haqiqatan ham Nastya Ivleyevaning tug‘ilgan kuniga boraman, deb o‘yladim. Ular menga shunday deb aytishdi. Bu meni tushkunlikka tushirishdi. Ammo ma’lum bo‘lishicha, bularning barchasi uning yuzlab yalang‘och personajlari Playboy muqovasida chiqishi sharafiga bo‘lgan”, deb tushuntirdi Tillyayeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ziyofat aslida juda qiziqarli bo‘lgan, biroq u ilgari bunday tadbirda qatnashmagan va juda ta’sirlangan.

“To‘g‘risini aytsam, bunday ziyofatda bo‘lmaganman, qoyil qoldim. Bu, albatta, mening uslubim emas, biz u yerda bir muddat qoldik va boshqa oddiy ishlar qilish uchun ketdik. Men dinim va o‘z qarashlarim tufayli bir oz boshqacha voqealarga o‘rganib qolganman. Lekin yigitlarni jasoratlari uchun hurmat qilaman”, degan Maryam videoda.

Shuningdek, u keyingi safar bunday tadbirlarga borishdan oldin, ma’lumotni yaxshilab tekshirib ko‘rishini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, ziyofat tashkilotchilari mehmonlardan deyarli yalang‘och kelishlarini so‘ragan. Tadbirda Kseniya Sobchak, Lolita Milyavskaya, Jigan, Oksana Samoylova, Anna Asti, Dima Bilan, Glyukoza va boshqa mashhurlar ishtirok etgan. 

Roskomnadzorning ta’kidlashicha, bazmning ba’zi foto va video materiallarida LGBT tashviqoti alomatlari bor, shuning uchun bu kontent allaqachon bloklangan. 

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik taniqli xonanda Filipp Kirkorov ham ushbu bazmda ishtirok etgani uchun 2018 yilda olgan Rossiya Federatsiyasi xalq artisti unvonidan mahrum qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Maryam Tillyaeva yalang'och bazm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing