Mart oyidan Toshkent yo‘llari qayta ta’mirlanadi
Jamiyat
−
13:28 1240 2 daqiqa
Toshkent shahri yo‘llarining 816 ming 23 metr kvadrat qismi qayta ta’mirlanadi. Asosiy ishlar ob-havo barqarorlashgach, taxminan mart oyining birinchi o‘n kunligida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kuchli yomg‘irlar sababli shahardagi ayrim ko‘chalarda yo‘l qoplamasi yomonlashib, chuqurlar paydo bo‘lgan. Bunga muzlashga qarshi moddalar qo‘llanishi, uzoq davom etgan yog‘ingarchilik va yuqori namlik sabab bo‘lgan. Suv yo‘l qoplamasidagi mayda yoriqlarga kirib, uning ustki qatlami va asosini zaiflashtirgan. Asosan, xizmat muddati tugash arafasidagi va ancha eskirgan yo‘llarda bunday muammolar ko‘proq kuzatilmoqda.
Shunga ko‘ra, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i o‘rganilib, ta’mir talab etiladigan hududlar ro‘yxati shakllantirilgan, hamda umumiy maydon – 816 023 m² hududda qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi. Shundan:
Tumanlar tasarrufidagi yo‘llar – 609 673 m²;
Markaziy ko‘chalar (ixtisoslashtirilgan boshqarma tasarrufida) – 206 350 m².
Tumanlar kesimida:
- Bektemir — 53 160 m²;
- Mirzo Ulug‘bek – 50 471 m²;
- Mirobod – 52 287 m²;
- Olmazor – 48 087 m²;
- Sergeli – 50 529 m²;
- Uchtepa – 50 000 m²;
- Chilonzor – 54 000 m²;
- Shayxontohur – 51 182 m²;
- Yunusobod – 47 546 m²;
- Yakkasaroy – 51 000 m²;
- Yangihayot – 51 000 m²;
- Yashnobod – 50 411 m².
Bildirilishicha, ta’mirlash ishlari bir vaqtning o‘zida bir xil ko‘chalarda rejalashtirilmaydi. Muammoni bartaraf etish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Live
Barchasi