Mart oyidan buyon 600 nafar jurnalist koronavirusdan vafot etdi

Olam

image

So‘nggi 10 oy ichida 59 mamlakatdan 600 dan ortiq jurnalist koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etgan. Bu haqda bugun, 5 yanvar kuni Jenevada “Press Emblem Campaign” nodavlat tashkiloti ma’lum qildi.

“Mart oyining boshidan buyon COVID-19 dan vafot etgan 602 nafar jurnalistning yarmidan ko‘pi – 303 nafari Lotin Amerikasida faoliyat olib borar edi.  Undan so‘ng, Osiyoda 145 nafar, Yevropada 94 nafar, Shimoliy Amerikada 32 nafar va Afrika 28 nafar jurnalist vafot etgan”, deya bayonot berdi tashkilot.

Qayd etilishicha, Peru o‘lim darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakat bo‘lib qolmoqda, chunki mart oyidan beri u yerda 93 nafar matbuot xodimi vafot etgan. Ikkinchi o‘rinda Braziliya – 55 nafar vafot etgan jurnalist bilan. Shuningdek, Hindiston – 53, Meksika – 45, Ekvador – 42, Bangladesh – 41, Italiya – 37, AQSH – 31, Pokiston – 22, Turkiya – 17, Buyuk Britaniya – 13, Panama – 11, Boliviya – 9 nafar jurnalistidan ayrilgan. Tashkilot ro‘yxatida Afg‘oniston (8), Dominikan Respublikasi (8), Nigeriya (8), Rossiya (8) va boshqa qator mamlakatlar ham mavjud.

“Kasblari taqozosi tufayli voqealarni ko‘rish uchun turli xil maydonlarga boradigan jurnalistlar virusga juda moyil. Ularning ba’zilari, xususan, frilanserlar va fotosuratchilar shunchaki uy sharoitida ishlay olmaydilar”, deydi tashkilot Bosh kotibi Blez Lampan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UNESCO Pandemiya payti qariyb 60 nafar jurnalist halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing