Mart oxirigacha qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda joriy hafta davomida harorat 20-27 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi kuchayib, chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 27 mart kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ertaga, 28 mart kuni Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

29 mart, chorshanba kuni hududning katta qismida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

30 mart, payshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

31 mart, juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu haftada havo harorati kechalari 9-14 daraja, kunduz kunlari 27-28 martda 22-27 daraja, 29-31 martda 20-25 daraja atrofida bo‘ladi.

27-28 martda shimolda va cho‘l hududlarda, 29 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 28-31 martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo yomg'ir Gidrometeorologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing