Marmara dengizidan ikki turkiyalikning jasadi topildi

Olam

image

Turkiyalik qutqaruvchilar joriy yilning 15 fevral kuni Marmara dengizida cho‘kib ketgan “Batuhan A” yuk kemasining olti ekipaj a’zosidan ikki nafarining jasadini topdi. Kema 51 metr chuqurlikda ekani aytilmoqda. Bu haqda "Global" telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kema qidiruv ishlarida ishtirok etgan Turkiya harbiy-dengiz kuchlarining sonar bo‘linmalari yordamida topilgan. Yuk kemasi dengiz tubida, Imrali orolining g‘arbiy sohilidan 4 mil uzoqlikda joylashgan.

Qayd etilishicha, Turkiya bayrog‘i ostida suzgan 69 metrlik kemaga yuklangan marmar chiplar qoplagan brezent yaxshi mustahkamlanmagan, uning bir qismi bo‘ron paytida ko‘tarilib, dengiz suvini yukka o‘tkazib yuborgan, shu bilan birga yukning ortib borayotgan og‘irligi tufayli kema muvozanatini yo‘qotib, halokatga yuz tutgan.

Kemaning og‘irligi 1300 tonnani tashkil etishi aytilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar avariyaning barcha sabablarini aniqlashga harakat qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XIX asrga oid sirli kema Kanada qirg‘oqlariga chiqib qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Batuhan A Marmara ekipaj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing