Markus Reshford “Chelsi”ga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Sport

image


“Manchester Yunayted ” hujumchisi Markus Reshford Angliya chempionati doirasidagi  “Chelsi”ga qarshi o‘yinda yelkasidan jarohat oldi, – deb xabar beradi klub rasmiy sayti. Futbolchining qay darajada jarohat olganligi hozircha ma’lum emas. 
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” o‘z uyida  “Chelsi” bilan durang o‘ynagan edi. Natijada klubning UEFA Chempionlar ligasiga chiqishi so‘roq ostida qoldi.
Chempionat yakuniga ikki tur qolganligini e’tiborga olsak, katta ehtimol bilan “Qizil iblislar” “Chelsi” va “Arsenal”ning qoqilishini kutadi. 
Angliya matbuotida yangrayotgan mish-mishlarga qaraganda agar “MYU” UEFA Chempionlar ligasiga chiqa olmasa bir nechta futbolchilar klubni tark etishi ehtimoli mavjud. Xususan, Pol Pogbaga “Real Madrid” qiziqayotgan bo‘lsa, “Barselona” rahbariyati Markus Reshfordni klubda ko‘rish istagi borligini yashirmayapti. 
Anchadan buyon o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Aleksis Sanchesga Italiya klublari qiziqish bildirayotgani ham tez-tez xorij matbuotda yangrab turibdi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2

Reyting

3.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing