Markirovkalanadigan mahsulotlar ro‘yxati kengaydi
Jamiyat
−
23 noyabr 2019
3116O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil dekabr oyidan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun mahsulotlarni identifikatsiya vositalari yordamida markirovkalash va kelgusida kuzatish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarining tajriba loyihasini amalga oshirishda ixtiyoriy ishtiroki ularning majburiy ravishda aksiz markalari bilan markalash hamda davlat tilida markirovka qilish tartiblariga rioya etishdan ozod etmaydi.
2019 yil dekabrdan sigaretlar va alkogol mahsulotlari identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanadigan va kelgusida kuzatiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritildi.
Shuningdek qaror bilan, Sigaretlarni markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtincha nizom va Alkogol mahsulotlarini markirovkalash va kuzatish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida vaqtincha nizom tasdiqlandi.
LiveBarchasi