Markaziy saylov komissiyasining tarkibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Kecha,  23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko‘rib chiqildi.

Deputatlar ishni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining tarkibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi masalaning muhokamasi bilan boshladi.

Majlisda Xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar birma-bir ko‘rib chiqildi hamda Markaziy saylov komissiyasining bir qator yangi a’zolari saylandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolarini saylash masalasi yuzasidan qabul qilgan qarorlari ma’qullash uchun Senatga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing