Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 avgust kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta masjidning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yangi masjid bosh gumbazining diametri 62 metr, balandligi 83 metr. Masjidda to‘rtta minora bo‘lib, ularning balandligi 130 metrga yetadi. Maydoni 68 ming kv.m dan ortiq. Qibla devorini qurishda 25 million kristall ishlatilgan.

Haram zalidagi gilamning umumiy maydoni 16,5 ming kvadrat metrni, gilam medalonining diametri 70 metrni tashkil qiladi. Shuningdek, asosiy zalda og‘irligi 20 tonna va diametri 27 metr bo‘lgan qandil o‘rnatilgan. 

Masjidning yer osti qavatida 440 o‘rinli ziyofat zali, 405 o‘rinli yopiq avtoturargoh, vestibyul, hojatxona, marosim xizmatlari va qurbonlik qilish joyi hamda boshqa xonalar mavjud.

Masjidning umumiy sig‘imi 235 ming kishini tashkil etadi – ular bir vaqtning o‘zida namoz o‘qishlari mumkin. Xususan, 170 ming kishi masjid hovlisida, 35 ming kishi masjid ichida namoz o‘qish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Markaziy Osiyoda eng katta masjid Tojikiston poytaxti Dushanbeda joylashgan edi. Mazkur masjidda bir vaqtda 120 ming kishi ibodat qilardi.

Ob’ektning har biri 75 metrga teng bo‘lgan to‘rtta minorasi, 47 metrli asosiy gumbazi va 20 ta katta-kichik gumbazlari bor. Masjid Dushanbe shimolida 12 gektar maydonni egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1253

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing