Markaziy Osiyoda koronavirus bilan bog‘liq holat yomonlashayotgani ma’lum qilindi
Olam
−
09 iyun 2020
12156Yevropada koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanmoqda, ammo butun dunyodagi vaziyat yomonlashmoqda. Bu haqda kecha, 8 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus ma’lum qildi.
"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda qariyb 7 million holatni (koronavirus infeksiyasi) va 400 mingga yaqin odamning o‘limini qayd etdi. Yevropada vaziyat yaxshilanayotgan bo‘lsada, global miqyosda yomonlashmoqda", dedi JSST rahbari.
Bosh direktorning ta’kidlashicha, oxirgi 10 kunning to‘qqiztasida dunyoda har kuni 100 mingdan ortiq yangi holat qayd etilgan. 7 iyun bu raqam bir kunda 136 mingdan oshgan. "Kechagi holatlarning deyarli 75 foizi, asosan, Amerika va Janubiy Osiyoda qayd etildi. Afrikaning aksariyat mamlakatlarida COVID-19 holati yomonlashmoqda. Biz, shuningdek, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqalarida COVID-19 holatlari ko‘payib borayotganini ko‘rmoqdamiz", dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davlatlardagi asosiy xavf bu “o‘z-o‘zini tinchlantirish” bo‘lmoqda. "Ko‘plab mamlakatlarda qayta boshlanadigan turli xil ommaviy to‘planishlar faol monitoring o‘tkazish zarurligini ta’kidlamoqchiman, dedi Tedros Adanom Gebreyesus.
LiveBarchasi