Markaziy Osiyoda kim qanday harbiy qudratga ega?

Tahlil

image

Bugun, 14 yanvar O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilangan. 1992 yilda aynan shu sanada O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilgan. “Globalfirepower” tomonidan yaqinda e’lon qilingan reytingda milliy armiyamiz 145 ta davlat ichida 1.0692 indeks bilan 62-o‘rinda qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkich Markaziy Osiyodagi eng yuqorisi bo‘lib, O‘zbekiston bir necha yillardan beri mintaqadagi “eng kuchli” maqomini hech kimga bermay kelmoqda. Xo‘sh, ushbu “kuch” qay mezonlarga ko‘ra baholanadi va Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday harbiy kuchni o‘zida jamlagan? 

“Globalfirepower” reytingi rasmiy hisoblanmaydi va ochiq manbaalardan olingan ma’lumotlardan foydalanadi. Davlatlarning harbiy qudratini baholashda 60 dan ortiq mezonlar ishlab chiqligan bo‘lib, ular to‘liq oshkor etilmaydi. Biroq asosiy mezonlar ma’lum,  bular moliyaviy holat, umumiy aholi jumladan, harbiy xizmatga yaroqli aholi qatlami, harbiy xizmatchilar va harbiy texnikalar soni, geografik joylashuv, logistika, iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va tabiiy resurslar. Quyida Markaziy Osiyo davlatlarining ayrim asosiy mezonlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beramiz. 

O‘zbekiston (62-o‘rin, PwrIndx – 1, 0692)

Umumiy ko‘rinish: O‘zbekiston Qurolli Kuchlari, “Globalfirepower” ma’lumotlariga ko‘ra, 13 592 857 nafar harbiy xizmatga yaroqli inson resursiga ega. Har yilgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoshiga yetuvchilar soni 622 000 atrofida. Mudofaa byudjeti $692 520 000 ni tashkil etadi. 

Harbiy xizmatchilar soni: Umumiy harbiy xizmatchilar soni 65 000 atrofida, shundan 55 000 nafari faol, ya’ni “jangga tayyor” xizmatchilar, 10 000 nafari esa harbiylashtirilgan xodimlardan iborat. Harbiy havo kuchlari xodimlari 15 000, dengiz kuchlari esa 550 nafarni tashkil etadi.  

Quruqlikdagi kuchlar: Tanklar soni 420 ta, umumiy harbiy avtomobillar soni 11 872 ta, o‘ziyurar artilleriyalar soni 197 ta, raketa artilleriyasi 143 ta. 

Havo kuchlari: Jami samolyotlar soni 197 ta, shundan 58 tasi qiruvchi samolyotlar, 20 tasi hujumchi samolyotlar va 13 tasi transport samolyotlar. Jami vertolyotlar soni 99 ta bunda 33 tasini hujumchi samolyotlar tashkil etadi.  

Qozog‘iston (63 o‘rin PwrIndx – 1,0873)

Umumiy ko‘rinish: Harbiy xizmatga yaroqli aholi 6 634 229 nafarni tashkil etadi, har yilgi muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar soni 271 577 nafar. Mudofaaga ajratilgan mablag‘ $2 618 000 000 ni tashkil etadi. 

Harbiy xizmatchilar soni: Harbiy xodimlarning umumiy soni 77 000 nafar bo‘lib, shundan 45000 nafari faol xodimlar, 32 000 harbiylashtirilgan bo‘linmalar xodimlari, 12 000 nafari havo kuchlari tarkibidagi xodimlar hisoblanadi. Dengiz kuchlari esa 3000 askardan iborat. 

Quruqlikdagi kuchlar: Tanklar soni 300 ta, harbiy avtomobillarning umumiy soni 5 172 ta, o‘ziyurar artilleriya 246 ta, raketa artilleriyasi 407 tadan iborat.
 
Havo kuchlari: Jami samolyotlar soni 237 taga, qiruvchi samolyotlar soni 81 taga, hujumchi samolyotlar 39 taga, transport samolyotlari 17 taga teng. Vertolyotlarning umumiy soni 75 ta bo‘lib, shundan 25 tasi hujumchi vertolyot hisoblanadi.  

Turkmaniston (82 o‘rin, PwrIndx – 1,5986)

Umumiy ko‘rinish: Turkmanistonning harbiy xizmatga yaroqli aholisi 2 203 680 nafardan kishidan iborat, yillik muddatli harbiy xizmat yoshiga yetganlar soni 107 084 ga teng. Mudofaa tasarruf etadigan mablag‘ qiymati $407 070 000 ni tashkil etadi. 

Harbiy xizmatchilar soni: Harbiy xodimlarning umumiy soni 35 000 kishidan iborat, ushbu miqdorning 30 000 nafari faol askarlar, 5000 nafari harbiylashtirilgan xizmatchilar, 3000 nafari harbiy havo kuchlari, 2000 nafari esa dengiz kuchlaridir. 

Quruqlikdagi kuchlar: Qurolli kuchlar tarkibidagi tanklar 680 ta, harbiy avtomobillarning umumiy soni 8064 ta, o‘ziyurar artilleriya 73 dona, raketa artilleriyasi 160 ta. 

Havo kuchlari: Barcha turdagi samolyotlar 86 tani tashkil etadi. Qiruvchi samolyotlar 24 ta, hujumchi samolyotlar 31 ta, transport samolyotlar 5 tadan iborat. Jami vertolyotlar 26 ta bo‘lib,  bundan 10 tasi hujum vertolyotlari.  

Qirg‘iziston (107 o‘rin, PwrIndx – 2, 1703)

Umumiy ko‘rinish: Harbiy xizmatga yaroqli aholi soni 3 096 593 nafardan iborat, muddatli harbiy xizmatga chaqirish yoshiga yetganlar har yili 115 363 nafarga ko‘payadi. Mudofaa byudjeti $116 040 000 ga teng. 

Harbiy xizmatchilar soni: Umumiy harbiy xizmatchilar tarkibini 25 000 nafar xodimlar shakllantiradi.  shbu xizmatchilarning 15 000 nafari faol, 10 000 nafari harbiylashgan, 500 nafari havo kuchlari xodimlaridir.  

Quruqlikdagi kuchlar: Quruqlikdagi harbiy texnikalar 215 ta tank, 5 268 ta barcha turdagi harbiy avtomobillar, 64 ta o‘ziyurar artilleriya va 21 ta raketa artilleriyasidan iborat. 

Havo kuchlari: Turkmanistonning harbiy havo kuchlari tarkibiga kiruvchi samolyotlarning umumiy soni 6 tani tashkil etadi, biroq aynan qanday vazifani bajaruvchi samolyotlar ekanligi haqida ma’lumot mavjud emas. Havo kuchlarida shuningdek, 6 ta vertolyot mavjud, shundan 2 tasi hujumchi vertolyotlardir. 

Tojikiston (120 o‘rin, PwrIndx – 2,6403)

Umumiy ko‘rinish: Ushbu mamlakatda harbiy xizmatga layoqatli aholi soni 3 310 323 ga teng bo‘lib, har yili muddatli harbiy xizmat yoshiga yetganlar soni 155 029 nafarni tashkil etadi. Mudofaa byudjeti $90 134 000 miqdorida.  

Harbiy xizmatchilar soni: Umumiy harbiy xizmatchilar 15 000 nafarni tashkil etadi. Faol xizmatchilar 9 500 nafar, harbiylashtirilgan bo‘linmalar xizmatchilari 5 500 nafar bo‘lib, havo kuchlarida 1 200 askar xizmat qiladi. 

Quruqlikdagi kuchlar: Mintaqadagi eng “kuchsiz” deya qayd etilgan Tojikiston harbiy kuchlarida 37 dona tank, 4 352 ta harbiy avtomobillar va 3 dona raketa artilleriyasi borligi qayd etilgan. 

Havo kuchlari: Jami samolyotlar soni 25 ta, shundan 1 tasi transport samolyoti ekanligi haqida ma’lumot bor. Jami vertolyotlar 20 dona, jumladan 6 ta hujumchi vertolyotlar. 

Javohir Ergashev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing