Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi davlatlari TIV rahbarlari Toshkentda yig‘iladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 aprel kuni Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar – Bahrayn, Quvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirlar kun tartibiga 2023 yil 19 iyulda Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashining Birinchi sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini ko‘rib chiqish, shuningdek, siyosiy, xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ekologiya, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish kiradi. 

Shuningdek, ishtirokchilar 2025 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlarining navbatdagi Sammitiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashadi.

Tadbirda Qo‘shma bayonot qabul qilinishi ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Fors ko'rfazi Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing