Markaziy Osiyo Prezidentlari muhim hujjat imzolashi kutilyapti

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Cho‘lponotada o‘tadigan maslahatlashuv uchrashuvida mintaqaga doir shartnoma imzolashi rejalashtirilyapti.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish uchun hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash to‘g‘risida”gi farmonni imzolashini ma’lum qilgan.

Qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvi norasmiy xarakterda bo‘lib, unda rasmiy hujjatlar qabul qilinmagan.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan rasmiy axborotda Cho‘lponotadagi sammit yakunida bir qator muhim ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgani aytilib, aynan qanday hujjatlar ekaniga oydinlik kiritilmagandi.

Eslatib o‘tamiz, MO Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi ertaga, 21 iyul kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

732

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing