Markaziy Osiyo Prezidentlari milliy taomlar festivalida (fotoreportaj)

Jamiyat

a2080503-d57c-7b89-6ccb-f3e984ce79cf_lists_slider_4533

Kecha, 6 avgust kuni “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Markaziy Osiyo xalqlarining milliy taomlari festivali va tantanali konsert bo‘lib o‘tdi.

Prezidentlar dastlab milliy taomlar namunalarini ko‘zdan kechirdi.

So‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari san’at ustalari ishtirokida tantanali konsert dasturi bo‘ldi. Folklor-etnografik ansambllar va estrada xonandalarining chiqishlari zamonaviy sahna bezaklari bilan uyg‘unlashib, ajib manzara hosil qildi. Milliy kuy-qo‘shiq va raqslar xalqlarning birligi, madaniy yaqinligini yaqqol namoyon etdi. Konsert dasturida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozrdbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova ham qo‘shiq kuyladi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahat uchrashuvining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlar, shuningdek, yetakchi ayollar muloqoti va mintaqa Iqtisodiy forumi Prezident Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil topgan sammitning yangi bosqichga chiqqanidan dalolat beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

230

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing