“Markaziy Osiyo – Markaz” quvuridan teskari gaz yetkazib berish oshiriladi

Olam

image

“Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali Rossiya gazini teskari yo‘nalishda yetkazib berish 2025 yilning noyabridan kechiktirmay oshirilishi kerak. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Miller “Izvestiya” gazetasiga bergan izohida ma’lum qildi. 

“Eng yirik strategik loyiha boshlandi, u allaqachon yakunlandi, bu aslida Markaziy Osiyo – Markaz gaz quvurlari tizimining qayta tug‘ilishidir. Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekiston hududiga gaz kela boshladi. Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurlari tizimini kengaytirish, xususan Qozog‘iston, O‘zbekiston bilan ushbu davlatlarga Rossiya gazini yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha uchta strategik memorandum imzolandi va bu mintaqadagi boshqa mamlakatlarga tranzit bo‘lishi mumkin”, deydi u. 

Uning qayd etishicha, ushbu gaz transporti tizimi orqali teskari rejimda Rossiya gazini yetkazib berish hajmi bo‘yicha yanada ulug‘vor maqsadlar qo‘yilgan.  

“Muddatlari qat’iy: yetkazib berish 2025 yilning 1 noyabridan kechiktirmay boshlanishi kerak. Men Markaziy Osiyo – Markaz gaz quvurlarini rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichini nazarda tutyapman”, deya qo‘shimcha qildi Miller. 

Ma’lumki, joriy yilning iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz sotib olish shartnomasini tuzdi, yetkazib berishning sutkalik hajmi 9 million kub metrni, yillik hajmi esa deyarli 2,8 milliard kub metrni tashkil qiladi. Ushbu shartnoma bo‘yicha yetkazib berish 2023 yil 7 oktyabrda boshlangan. 

“Shu bilan birga, Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik gorizonti 15 yilni tashkil etadi va uzoq muddatli hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma 2024 yil o‘rtalarida tuzilishi mumkin”, deydi Miller.

Qolaversa, “Gazprom” va Qozog‘iston hozirda Ostona shahrini gazlashtirish uchun yetkazib berish yo‘nalishi ustida ishlamoqda, kompaniya Qozog‘iston va O‘zbekistonga yetkazib berish hajmini oshirish uchun yangi yo‘nalishlar va “Buxoro-Ural” gaz quvurini ham ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, “Gazprom” O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston orqali uchinchi davlatlarga gaz tranzitini istisno qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 9 noyabrga rejalashtirilgan Qozog‘istonga tashrifi oldidan “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida Rossiya Qozog‘istonga mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlarini gazlashtirishda yordam berishga tayyorligini aytgan edi. 

Umuman olganda, gaz sohasidagi hamkorlik haqida to‘xtalar ekan, Rossiya davlat rahbari bu borada keng istiqbollar ochilayotganini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga, jumladan, Rossiya va Markaziy Osiyoda ko‘p yillar davomida rivojlangan gaz tashish va gaz taqsimlash tizimlarining infratuzilmasi va yo‘nalishlari hamda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama asosda yuqori darajadagi muvofiqlashtirish sabab bo‘lmoqda.  


Maqola muallifi

Teglar

gaz Gazprom Aleksey Miller Markaziy Osiyo – Markaz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing