Markaziy Osiyo Energetika vazirlari Toshkentda uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 13-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari Energetika hamda Suv xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Qirg‘iz Respublikasi Energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, Qozog‘iston Respublikasi Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov va Tojikiston Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma ishtirok etgan. 

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda energetika kompaniyalari rahbarlari va mas’ul mutaxassislari ham qatnashgan. Muzokaralar chog‘ida so‘nggi yillarda do‘st va qardosh davlatlar rahbarlari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, xususan, yoqilg‘i-energetika sohasida ham izchil va samarali rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlangan.

Uchrashuv davomida 2026 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, vegetatsiya davrida suv-energetika tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilingan. Tomonlar tarmoqlar ish rejimlari bo‘yicha grafiklarni kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekiston suv uchun pul to‘lashi kerakligini aytgan edi.

E’zoza Olimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Markaziy Osiyo Energetika vazirlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing