Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammiti qaysi shaharda o‘tkazilishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image

2021 yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining konsultativ uchrashuvi Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi. Sammitni tashkil etish masalasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali suhbatida muhokama qilindi.

Mirziyoyev va Berdimuhamedov yaqinlashib kelayotgan ko‘p tomonlama sammit dasturini puxta tayyorlashga kelishib oldi. Prezidentlar, shuningdek, Afg‘onistondagi harbiy-siyosiy vaziyatni, shu jumladan shimoliy viloyatlaridagi holatni muhokama qildi.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotibi Sherzod Asadov Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti an’anaviy tarzda o‘tkazilishini ta’kidlagan edi.

“Onlayn format ko‘rib chiqilmaydi”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi konsultativ uchrashuvi dastlab 2020 yil avgustda Bishkekda bo‘lib o‘tishi kerak edi, keyin sammit kuzga qoldirildi, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli u 2021 yilga kechiktirildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Bunday birinchi yig‘ilish 2018 yil mart oyida Qozog‘iston poytaxtida, ikkinchisi esa 2019 yil noyabrda Toshkentda o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing