Markaziy Osiyo davlatlarining Prezidentlari yuzma-yuz uchrashishi kutilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston joriy yil uchinchi marta o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv sammitini offlayn formatda bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda malum qildi.

Sherzod Asadov brifingda uchinchi uchrashuvning ehtimoliy muddatlari haqidagi savolga javob berar ekan, uchrashuvning yuzma-yuz formatda bo‘lib o‘tishini ta’minlash ustida ish olib borilayotgani va onlayn format ko‘zda tutilmayotganini ta’kidladi.

“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 2021 yilga qoldirilgan uchinchi maslahat uchrashuvi vaqti hozircha ma’lum emas, biroq O‘zbekiston ushbu uchrashuvni yuzma-yuz ko‘rinishda bo‘lib o‘tishini kutmoqda. Onlayn format ko‘zda tutilayotgani yo‘q”, degan Sherzod Asadov.

Shuningdek, Prezident matbuot kotibi pandemiya sababli bugungi kunda navbatdagi sammitning joyi va vaqtini aytish mushkul ekanini qayd etdi.

“Biz hamkorlarimiz bilan bir yildan buyon navbatdagi uchrashuvga tayyorlanmoqdamiz. Imzolash uchun juda keng va salmoqli hujjatlar paketi tayyorlanmoqda”, degan Asadov.

Xabaringiz bor, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi 2018 yilning martida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi esa 2019 yil noyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tgan edi.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing