Markaziy Osiyo davlatlari 2023 yil uchun suvni taqsimlab oldi
Olam
−
11 yanvar 2023
10292Markaziy Osiyo mamlakatlari 2023 yilgi mavsum uchun suvni taqsimlab oldi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.
Limitga ko‘ra, bir yil ichida (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 1 oktyabrgacha) Amudaryo havzasidan suv olish 55,4 milliard kub metrni tashkil etishi kerak, shundan 15,7 milliardi vegetatsiyadan tashqari davrga to‘g‘ri keladi (2023 yil 1 aprelgacha).
Ushbu kelishuv doirasida Amudaryodan O‘zbekiston 23,6 milliardga yaqin, Tojikiston 9,8 milliard kub metr, Turkmaniston 22 milliard kub metr suv oladi.
Sirdaryo havzasidan suv olish limiti 4,2 milliard kub metrni tashkil etadi. Shundan Tojikiston 365 million kub metr, O‘zbekiston 3,3 milliard, Qozog‘iston 452 million, Qirg‘iziston 47 million kub metr suv oladi.
Qayd etilishicha, 2022 yil vegetatsiya davrida Amudaryo havzasidagi suv miqdori ancha noaniq bo‘lgan: aprel-may oylarida u me’yoriy chegarada bo‘lgan bo‘lsa, iyun oyidan boshlab u 85–65 foizgacha kamaygan va davr oxirigacha me’yordan past bo‘lgan.
Hozirgi suv xo‘jaligi sharoitida havzada jami foydalanilgan suv umumiy limitning 79,1 foizini, shu jumladan, Tojikistonda 95,3 foiz, Turkmanistonda 83,3 foiz, O‘zbekistonda 68,7 foiz suv iste’mol qilingan.
2022 yil 1 apreldan 30 sentyabrgacha Sirdaryo havzasidan suv olish limiti 11,8 milliard kub metr bo‘lgan holda 10,1 milliard kub metrni tashkil qilgan.
LiveBarchasi