Markaziy Osiyo davlat rahbarlari maslahatlashuvi qayerda o‘tkazilishi aytildi
Olam
−
16 mart
7613Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahatlashuv uchrashuvi joriy yilning 14-15-sentyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakatning rasmiy axborot agentligi “Xovar” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shu kunlari Dushanbeda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta’sischi davlatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisi ham bo‘lib o‘tadi. Sammit ishida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston Prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Tojikistonda ushbu uchrashuvni o‘tkazish uchun tayyorgarlik boshlangan.
Beshinchi, yubiley Maslahatlashuv uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolanishi xabar qilingan. Sammit yakunlari bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi aytilmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlarining so‘nggi Maslahatlashuv uchrashuvi 2022 yilning iyul oyida Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan edi.
LiveBarchasi