Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarishsiz qoldirildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 15 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Markaziy bank joriy yilning 8 sentyabri va 27 oktyabrida ham xuddi shunday qaror qabul qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank Boshqaruvining 2022 yil 21 iyuldagi yig‘ilishida asosiy stavka yillik 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 15 foiz darajasida belgilangan edi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

24

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing