Markaziy bank 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi
Jamiyat
−
17 dekabr 2022
7435O‘zbekiston Markaziy banki 3 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini chaqirib oldi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchala to‘lov tashkiloti ham litsenziya olingan kundan e’tiboran bir yil davomida faoliyatini amalga oshirmagan
Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 15 dekabrdagi qaroriga asosan quyidagi to‘lov tashkilotilarining litsenziyalari qaytarib olingan.
• “International Eco Pay” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
• “Panda Internet Technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati;
• “UGNIS” mas’uliyati cheklangan jamiyati.
To‘lov tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari chaqirib olingan hamda to‘lov tashkilotlari reyestridan chiqarilgan.
LiveBarchasi