Mark Sukerberg haqida hujjatli film suratga olinadi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Meta kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg haqida Buyuk Britaniyaning “Sky” telekanali hujjatli film suratga olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Deadline” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, film “Sukerberg: Metaverse qiroli” deb nomlanadi. Kino tadbirkorning hayoti haqidagi arxiv kadrlar, shuningdek, uning qarindoshlari va do‘stlari bilan suhbatlaridan iborat bo‘ladi. 

Filmga Buyuk Britaniya tarixi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin haqidagi hujjatli filmlari bilan tanilgan Nik Grin rejissyorlik qiladi. Kartina xronometraji 90 daqiqa bo‘lishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, milliarder Mark Sukerberg 2022 yilda rekord miqdorda boyligini yo‘qotganlar qatoriga kirgan edi. U o‘tgan yilda 77 milliard dollarini yo‘qotgan. Meta aksiyalari qiymati esa yil davomida 64 foizga arzonlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing