Marg‘ilondagi mudhish YTHda ikki nafar 22 yoshli yigit halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 26 avgust kuni Farg‘ona viloyatida yuz bergan mudhish yo‘l-transport xodisasida ikki nafar navqiron yigit halok bo‘ldi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

YTH soat 01:00 larda Marg‘ilon shahar, Xiyobon ko‘chasidan o‘tgan ko‘prik ustida yuz bergan. Haydovchi 1998 y.t. A.R. Cobalt rusumli avtomobil tezligini me’yoridan oshirgan holda boshqarib ketayotib, yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotib, ajratib turuvchi bordyur ustidan xarakatlanib o‘tib, qarshisidan kelayotgan haydovchi 1986 y.t. Sh.A. boshqaruvidagi Spark avtomobili bilan to‘qnashgan.

Natijada Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi 22 yoshli A.R. voqea joyida va yo‘lovchisi 22 yoshli M.G‘. shifoxonada vafot etishgan. Spark rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Sh.A., yo‘lovchilari 46 yoshli X.M. va 30 yoshli A.O. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan 26 avgust kuni Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Marg'ilon

Baholaganlar

247

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing