Marg‘ilonda Safed to‘da masjidi devorining bir qismi qulab tushdi
Madaniyat-san’at
−
14 mart 2022 7113 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida bir necha kun davom etgan yog‘ingarchilik sabab “Guravel” MFY hududida joylashgan Safed to‘da masjidi devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Madaniy meros boshqarmasi ma’lum qildi.
Mazkur muammo yuzasidan Farg‘ona viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan ishchi guruh tuzilgan.

Qayd etilishicha, mas’ullar masjid binosini o‘rganish va uning qolgan qismini asrab qolish uchun chora-tadbirlar ko‘rishmoqda.
Safed to‘da masjidi XIX asrda qurilgan. U Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Moddiy-madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxati"ga, 2022 yil madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash uchun ajratiladigan respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan restavratsiya qilinishi lozim bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Avvalroq Buxoro shahrida noqulay ob-havo sabab qal’a devorining bir qismi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.



Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025