Marg‘ilon XTBning sobiq boshlig‘i 1,7 mlrdni talon-toroj qilgan – BP
3-sahifa
−
02 noyabr 2021
7348Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahar Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i ta’lim tizimini muntazam ravishda tanqid qilgani sabab unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingani haqida videoxabar tarqalgandi. Bosh prokuratura Matbuot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan shahar Xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovda Marg‘ilon shahar xalq ta’limi bo‘limi sobiq boshlig‘i qurilish-ta’mirlash ishlari davomida jami 1,7 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘larni talon-toroj qilgani va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani aniqlangan.
Shu sabab, 2021 yil 1 noyabr kuni u gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.
Xabarga ko‘ra, hoziirda tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi