Maradonaning qo‘li bilan urgan golini hisobga olgan hakam xatosini birovning bo‘yniga ildi
Sport
−
16 noyabr 2022 6416 1 daqiqa
Argentina terma jamoasi JCH-1986 o‘yinida Maradonaning ikki ramziy to‘pi evaziga inglizlarni mag‘lub etgan edi. O‘yinni boshqargan tunislik hakam Ali Bin Nosir Diyegoning qo‘li bilan urgan golini eslab o‘tdi.
"O‘ylashimcha, men o‘sha uchrashuvni normal boshqarganman. Albatta, qo‘l bilan urilgan golni payqamaganim xato edi. Men goldan so‘ng bolgariyalik yordamchim Bogdan Dochevga qaradim, chunki u yaqinroq va vaziyatni yaxshiroq ko‘rgan edi, lekin u hech qanday ishora bermadi. Hatto maydon markaziga borib, unga qarashda davom etganimda ham yordamchim hech narsani ko‘rsatmadi", deydi 78 yoshli hakam "FourFourTwo" nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Maradonaning o‘sha goli Jahon chempionati tarixidagi eng shov-shuvlisi bo‘lgandi.
Mushtariy G‘aniyeva
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust