Maradonaning afsonaviy goli JCH-2022da takrorlandi

Sport

image

Kecha, 13 oktyabr kuni Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida Jahon chempionatining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinning birinchi taymida hujumchi Julian Alvares kiritgan gol afsonaviy deb baholanmoqda. Bu haqda "Sport 24" nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 39-daqiqada "Manchester Siti" xujumchisi Julian Alvares qoyilmaqom vaziyat yaratib , ajoyib gol muallifiga aylangan. Hujumchi to‘pni maydonning o‘rtasidan olib, darvoza tomon yugurdi. Yo‘lda Alvares to‘p bilan ikki raqibini aldab o‘tib, darvozani gol bilan ishg‘ol qildi. 

Ushbu golni tomosha qilganlarda Maradonaning  JCH-1986 Angliyaga qarshi (2:1) o‘yinda urgan afsonaviy goli yodga tushadi.

Ta’kidlash joiz, ushbu gol turnirning eng yaxshi goli deb topilgan.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing