Maoshsiz yoki 180 ming dollargacha. Prezident ma’muriyati xodimlarining oyligi qancha?
Olam
−
07 iyul 2022
26846Joriy yilning 5 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Oq uyda ishlaydigan barcha xodimlarining yillik maoshlarini e’lon qildi. 474 nafar xodimning ro‘yxati Kongressga yuborilgan. Bu haqda “Fox Business” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, xodimlarning maoshlari yiliga 0 dollardan 180 000 dollargacha yetadi. Aksariyatining yillik maoshi 100 000 dollardan oshadi. Oq uyda 24 nafar xodim maksimal $180 000 maosh oladi. Ular orasida Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per, ichki siyosat bo‘yicha maslahatchi Syuzan Rays va boshqa ko‘plab huquqiy hamda siyosiy maslahatchilar bor.
Shuningdek, yilik daromadi nolga teng, ya’ni umuman maosh olmaydigan 16 nafar xodim bor. Ular orasida Baydenning immigratsiya bo‘yicha katta maslahatchisi Ramzi Kassem va uning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maxsus siyosiy maslahatchisi Jastin Levittni ham ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, o‘n ikki nafar xodimning maoshi 48 000 dollarga teng.
Oq uy har yili Kongressga taqdim etadigan hisobotda o‘z xodimlarining maoshlarini oshkor qilishi shart.
Oq uy xodimi sifatida ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa-da, Baydenning o‘zi yiliga 400 ming dollar ishlab topadi, bu amaldagi Prezident uchun odatiy ko‘rsatkichdir. Maoshga 50 000 dollarlik "xarajat nafaqasi" ham, Baydenning 100 000 dollarlik sayohat xarajatlari ham kirmaydi.
LiveBarchasi