Maoshlaringizni oshirdik, imkoni bo‘lganda yana oshiramiz – Mirziyoyev o‘qituvchilarga
Jamiyat
−
29 dekabr 2022
6728O‘zbekistonla o‘qituvchilar maoshi oshirilgan, davlat bu bilan to‘xtab qolmaydi. Imkon bo‘lishi bilan yana ko‘paytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 dekabr kuni o‘qituvchilar bilan norasmiy muloqotida aytib o‘tdi.
“Mana bugun ta’lim sifatini oshirish, yangi darsliklar masalasida gaplashamiz. Xo‘sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro‘sini ko‘tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida ta’lim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetyapmiz.
Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning o‘zi “Bizga kechagi kun ta’limi kerak emas” degan talabni qo‘yishyapti. Hozirgi islohotlarimizni reajalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qo‘yyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart.
Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz. “Men jonajon vatanim uchun qanday hissa qo‘shyapman?!” degan savolga javob o‘z ustimizda ishlashimiz va farzandlarimiz kamoloti bo‘ladi.
Yilimiz nomini ham ta’limga bog‘laganimiz bejiz emas. Bu masala mening doimiy diqqat markazimda bo‘ladi. Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz”, deydi davlat rahbari.
Prezident qiz farzandlar va ayollarni o‘qitish kerakligini ta’kidladi.
“Bolalarni kim tarbiya qiladi? Albatta, ayollar. Shuning uchun biz qizlarimizni, onalarimizni o‘qitishimiz kerak. Shunda jamiyatni o‘qitgan bo‘lamiz”, deydi u.
Davlat rahbarining bildirishicha, kelgusi yili ta’limga oid ham ko‘plab qaror, farmonlar chiqadi. Shuningdek, maktab o‘qituvchilari uchun ipoteka kreditlari kamaytirilishi ham ko‘zda tutilyapti.
Prezident joriy yilning 1 yanvaridan 14 ta hududda tajriba tariqasida o‘qitilishi boshlanadigan yangi darsliklarga to‘xtalib, shunday deydi:
“Albatta, 20-30-40 yil davomida eskicha dars bergan o‘qituvchiga yangi darsliklarga o‘tish biroz og‘ir. Lekin bugun bu narsani qilmasak, ertaga o‘zimiz kutgan natijani ololmaymiz”.
LiveBarchasi