Mantiqsiz qarorning yakuni. Ekspress-test topshirish talabi bekor qilindi 

Jamiyat

image

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 25 yanvardan xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilarning kamida 48 soat oldin topshirgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy natijali ma’lumotnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil (piyodalar) o‘tkazish chegara punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress-antigen test topshirishlari talabi bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 yanvaridan boshlab xalqaro aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtomobil o‘tkazish chegara punktlarida majburiy tarzda ekspress-test topshirish tartibi joriy qilingandi. Ammo PZR test natijasi bo‘la turib, 5 dollarlik ekspress-test nega kerakligini rasmiylarning o‘zi ham tushuntirib bera olmadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa mas’ul idoralarning axborot bermagani, “O‘zbekiston aeroportlari” aytayotgan qaror hech qayerda e’lon qilinmagani, hujjat yopiq eshiklar ortida, kimningdir foydasi uchun qabul qilingan degan shubha uyg‘otishi aytilgandi.

Hech bir asos keltirmasdan joriy qilingan tartib ko‘plab fuqarolarning jiddiy noroziligiga sabab bo‘ldi. Odamlar hukumatni asossiz ravishda xalqning pulini olishda aybladi.

Jurnalist Shoira Mirsodiqova Turkiyadan qaytib, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportidagi tartibsizlik, boshboshdoqlikka o‘z ko‘zlari bilan guvoh bo‘lganini so‘zlab berdi.

U ikki martalab navbat kutib, ekspress-test topshirgan bo‘lsa-da, aeroportdan aniq bir natijasiz ketganini aytib, shikoyat qildi. Negaki unga dastlab, manfiy natija aytishgan, keyin esa test javobi musbatga almashgan. Biroq shunga qaramay uni aeroportdan chiqarib yuborishgan.

Shoira Mirsodiqova bir kunda Toshkent aeroportiga taxminan 20 tadan 30 tagacha samolyot kelib qo‘nishini, undagi yo‘lovchilarning soni 150 tadan 300 gachani tashkil etishini ta’kidlab, har bir yo‘lovchidan 5 dollardan olinsa, yig‘ilgan mablag‘ bir necha raqamdan iborat summani tashkil etishini urg‘uladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing