Mane ham Saudiya klubiga o‘tib ketishi mumkin

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubi “Bavariya”ning hujumchisi Sadio Manega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Al-Ahli” rahbariyati senegallik futbolchini yaqindagina jamoaga kelib qo‘shilgan braziliyalik 31 yoshli hujumchi Roberto Firmino bilan bir jamoada ko‘rish istagida. 

Gap shundaki, bu ikki hujumchi uzoq yillar davomida “Liverpul” sharafini himoya qilgan. 31 yoshli Mane 2022 yilda jamoadan ketib “Bavariya” safiga qo‘shilgan bo‘lsa, Firmino joriy yilning 30 iyun kuni “mersisayd” klubini erkin agent sifatida tark etdi. Shuningdek, Roberto Firmino hozirda  3 yillik shartnoma asosida rasman “Al-Ahli”  klubi a’zosi sanaladi.

“Transfermarkt” portalining 22 iyundagi ma’lumotlariga ko‘ra, senegallik futbolchining transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi. 

Ma’lumot uchun, Sadio 2022/2023 yilgi mavsumda Myunxen klubi nomidan 38 uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Roberto Firmino Al-Ahli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing