“Manchester Yunayted” Tomas uchun 50 million yevro to‘lashga tayyor

Sport

image

“Atletiko” yarim himoyachisi Tomas Partey “Qizil iblislar” safiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Footbal Ghana xabar tarqatdi. 
Manbaga ko‘ra, “Manchester Yunayted” klubi 25 yoshli yarim himoyachi uchun 50 million yevro miqdoridagi tovon pulini to‘lashi mumkin. Futbolchining agentlari “MYU” vakillari bilan muzokaralar olib borgan. 

“Atletiko” yarim himoyachisi yozda “Mankunianliklar”ni erkin futbolchi sifatida tark etadigan Ander Erreraga munosib nomzod sifatida ko‘rilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Ganalik futbolchi ushbu mavsumda “Atletiko” tarkibida 32 bor asosiy tarkibda maydonga tushgan va 3 golga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

5

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing