“Manchester Yunayted” Sulsher o‘rniga boshqa nomzod topdi 

Sport

image

Angliya Premer ligasidagi bir qator omadsiz uchrashuvlardan so‘ng, “Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning norvegiyalik murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda “We all follow united” xabar bermoqda.

Manba tarqatgan xabarga ko‘ra, Gleyzerlar oilasi “Manchester Siti”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng shunday qarorga kelgan (0:2). 

Ta’kidlanishicha, Sulsher o‘rniga “Lester” ustozi Brendan Rojers tayinlanishi mumkin. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, shotlandiyalik mutaxassis ham “qizil iblislar”ni boshqarishga qarshi emas. Faqatgina, kelasi mavsum boshidan klub murabbiylik lavozimiga kelishni istamoqda. Ushbu  taklif MYU rahbariyatiga unchalik to‘g‘ri kelmayapti. 

Ma’lumot o‘rnida, avvalroq “Manchester Yunayted” Sulsher o‘rniga nomzod sifatida Antonio Konte va Zinedin Zidan nomzodini keltirgandi. Ammo, Konte Angliyaning boshqa jamoasi “Tottenxem” murabbiyiga aylandi. Zidan esa “qizil iblislar”ni boshqarishdan bosh tortdi. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da “Manchester Siti”ni qabul qilib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 11-turdan so‘ng Sulsher shogirdlari 17 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rindan joy olgan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

134

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing