“Manchester Yunayted” futbolchilari zaharlandi

Sport 11828
image

“Manchester Yunayted”ning ba’zi futbolchilari “Sherif” bilan UEFA Yevropa ligasi o‘yini (2:0) uchun Moldovaga yo‘l olganidan so‘ng zaharlandi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.

Qayd etilishicha, klubning 12 nafar futbolchisi o‘yinning ertasiga, 16 sentyabr kuni o‘zini yomon his qila boshlagan. Manchesterliklar bu futbolchilarning Kishinyovda yoki qaytishda samolyotda yegan taomlari bilan bog‘liqligini aniqlashga harakat qilmoqda.

Shu sababli bir nechta futbolchilar juma kuni mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan, ba’zilari esa klubning shanba kungi mashg‘ulotlarida qatnashmagan. Shu bilan birga, xalqaro pauza vaqtida barcha futbolchilar o‘z terma jamoalariga yo‘l olishgan.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Terma jamoalar o‘yinlaridan so‘ng birinchi turda “qizil iblislar” “Manchester Siti” bilan derbida uchrashadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 522
Reyting: 3
t
×