“Manchester Yunayted” APL g‘olibligini 30 yil kutmaydi – Rangnik

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ralf Rangnik “qizil iblislar” 2013 yilda Aleks Fergyuson klubni tark etganidan keyin chempionlikni qo‘lga kirita olmaganiga qaramay, “Liverpul” kabi 30 yil Angliya chempionligi unvoniga ega bo‘lmay qolishi mumkinligi haqidagi qo‘rquvni rad etgan. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

Nemis murabbiyining fikrlariga ko‘ra, agar, u hamyurti Yurgen Klopp “Enfild”da qo‘llagan rejaga amal qilsa, hozirgi jamoasi ikki yoki uchta transfer oynasida yaxshi tomonga o‘zgarishi mumkin.

Ammo Rangnik “Manchester Yunayted” aniq reja tuzmasa va tarkibni yangilash doirasida kerakli o‘yinchilar bilan shartnoma imzolamasa, vaziyat “Manchester Yunayted” uchun yanada qiyin bo‘ladi deb hisoblaydi.

"Agar, siz qanday futbol o‘ynashni xohlayotganingizni va har bir alohida pozitsiya uchun qanday o‘yinchilar kerakligini bilsangiz, chempionlikni 30 yil kutmaysiz” degan “Yunayted” bosh murabbiyi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 19 aprel kuni “Manchester Yunayted” Angliya Premer ligasi 33 turi doirasida “Liverpul” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 boshlanadi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing