“Manchester Yunayted” ham shayxlar qo‘liga o‘tdi

Sport

image

Qatar Islom banki raisi shayx Jassim “Manchester Yunayted” futbol klubini sotib oldi. Bu haqda Qatar-Amerika biznes konsulligi vitse-prezidenti Zayd Al-Hamdan o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Shayx Jassim Bin Hamad “Manchester Yunayted”ni sotib oldi. Uni klub bilan kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshgani bilan tabriklayman”, deydi Zayd Al-Hamdan.

Biroq klub ma’muriyati hali-hamon bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot bermadi.

Shayx Jassim 1992 yil, 10 yoshidan “Yunayted”ga muxlislik qilgani va endilikda erkaklar va ayollar jamoalariga katta sarmoya kiritishini, shuningdek, stadion, mashg‘ulotlar maydoni va “Old Trafford” atrofidagi hududni qayta obodonlashtirishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, “Qizil iblislar”ning bo‘lajak xo‘jayini Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Xalif Ol Soniyning o‘g‘li bo‘lib, Buyuk Britaniyadagi “Sandhurst”da tahsil oladi va Qatar Islom banki raisi hisoblanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Manchester Yunayted

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing